Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Butunjahon taekvondo uyushmasi prezidenti Toshkentda

Izohlar: 0

Bugun tongda Butunjahon taekvondo uyushmasi prezidenti Chung Von Cho Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimda O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi rahbariyati taekvondochilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik qatnashdi. Maqsad – taekvondoning yurtimizdagi rivoji bilan tanishish, pumsening yangi yo‘nalishi bilan yurtimiz mutaxassislarini yaqindan tanishtirish, shuningdek, poytaxtimizda 11-13 avgust kunlari o‘tadigan 1-st President`s Cup xalqaro turnirida ishtirok etishdan iborat. Martabali mehmon bilan bir qator rasmiy uchrashuvlar ham rejalashtirgan.

O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar tarqatishicha, ertalab 9.00da “Hyatt Regency” mehmonxonasida Osiyo taekvondo uyushmasining (Asian Taekwondo Unioin - ATU) 12 davlat vakillaridan iborat ijroqo‘mi a’zolari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, avvalo, 2018 yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida taekvondoning pumse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan bahslar tartibi ko‘rib chiqildi. Shu kunlarda qit’amizning etti mamlakatida New Poomsae seminarlari o‘tkazilyapti. Eronda o‘tkazilgan xuddi shunday seminar bo‘yicha ham ma’lumot berildi. Kun tartibidagi ikkinchi masala - President`s Cup turnirining keyingi yilgi mezbonini aniqlashga qaratildi. Ayni paytda Vetnam va Filippin davlatlari o‘z nomzodini qo‘ygan. So‘nggi masala dam olish kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan musobaqaga tayyorgarlik darajasiga e’tibor berildi. Tashkilotchilik va mezbonlarni kutib olish jarayoni qit’a tashkiloti ijroqo‘m a’zolari tomonidan yuqori baholandi

Shundan so‘ng, ATU Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun soat 18.00da New Poomsae bo‘yicha 4 kun davom etgan seminarda qatnashgan respublikamiz murabbiy va hakamlariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Sertifikatlarni ATU prezidenti Li Kyu Sok topshiradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q