Buyuk ko‘chish yohud Neymar endi PSJda

  • 4 avgust, 2017, 10:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Neymar “Barselona”ni tark etib, rasman PSJ a’zosiga aylandi. Shu munosabat bilan braziliyalik futbol yulduzining kataloniyaliklar tarkibida o‘tkazgan eng unutilmas 10ta uchrashuvini yodingizga solib o‘tmoqchimiz. Demak, boshladik.

Tecno

1.“Barselona” – “Seltik” 6:1. EChL. 2013 yil 11 dekabr.

O‘z hisobiga 3ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

2. “Barselona” – “Arsenal” 3:1. EChL. 2016 yil 16 mart.

O‘z hisobiga 1ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

3. “Barselona” – PSJ 2:0. EChL. 2015 yil 21 aprel.

Uchrashuvdagi ikkala golga ham mualliflik qilgan.

4. “Barselona” – “Alaves” 3:1. Ispaniya kubogi finali. 2017 yil 27 may.

O‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

5. “Barselona” – “Seltik” 7:0. EChL. 2016 yil 13 sentyabr.

O‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

6. “Yuventus” – “Barselona” 1:3. EChL final. 2015 yil 6 iyun. 

Hozircha faoliyatidagi yagona EChL finalida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

7. “Las-Palmas” – “Barselona” 1:4. La Liga. 2017 yil 14 may.

U shu kuni raqiblari darvozasini naqd 3 marta aniq nishonga olishdan tashqari, jamoasining 4-goliga ham assistentlik qilishga muvoffaq bo‘lgan.

8. “Real” – “Barselona” 0:4. La Liga. 2015 yil 21 noyabr.

Neymar bu safargi “el-klasiko”da nafaqat gol urgan, balki yana bir golga assistentlik ham qilgan.

9. “Barselona” – “Real” 2:1. La Liga 2013 yil 26 oktyabr.

Kataloniyaliklar safiga endigina kelib qo‘shilgan Neymar shu kuni dunyoning eng kuchli klublaridan birining darvozasiga gol kiritish bilan birga, jamoasining 2-goliga assistentlik qilishga muvoffaq bo‘lgan.

10. “Barselona” – PSJ 6:1. EChL. 2017 yil 8 mart.

Neymar shu kuni kelajakda o‘zini 222 million evroga sotib oladigan jamoaga nisbatan shavqatsiz o‘yin ko‘rsatgani haqida o‘ylaganmikan? Albatta, yo‘q. Ta’kidlash kerakki, shu kuni u parijliklar darvozasiga 2ta gol kiritgan. Shuningdek jamoadaoshlariga 2ta golli uzatma ham oshirgan. Hullas, Neymar o‘sha uchrashuvning haqiqiy qahramoniga aylangan.

Neymar o‘tgan to‘rt yil ichida “Barselona” uchun nimalar qildi?

25 yoshli futbolchi o‘tgan davr mobaynida “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 186ta bahsda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 105ta gol kiritishga muvoffaq bo‘lgan. Bundan tashqari u jamoasining 80ta goliga assistentlik ham qilgan. Hakamlar tomonidan esa unga 43 marta sariq va 1 marta qizil kartochka ko‘rsatilgan.

Neymar “Barselona” safida qanday yutuqlarni qo‘lga kiritdi?

Braziliya terma jamoasi a’zosi Kataloniya super klubi bilan 2 karra Ispaniya chempioni, 3 karra mamlakat kubogi sohibi, 1 marta Chempionlar ligasi g‘olibi, 1marta klublar o‘rtasida Jahon chempioni va 1 marta Ispaniya superkubogi g‘olibi bo‘lgan.

Neymar PSJga qanchaga tushdi?

Ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lgan savol. Dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan birini qo‘lga kiritish uchun parijliklar uning shartnomasida ko‘rsatilgan 222 mln evro (200 mln funt) mablag‘ni kataloniyaliklar hisobiga o‘tkazib berishgan. Bundan tashqari ular Neymarning o‘ziga esa haftalik 575 ming evro maosh hamda 5 yillik shartnoma ham va’da qilishgan.

Mashxur insonlar Neymarning PSJga ko‘chib o‘tishi haqida nima deydi?

PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi:

- Biz ulkan xursandchilik va faxr bilan Neymarni PSJda qarshi olmoqdamiz. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Undagi g‘oliblik ruxi, kuchi, xarakteru va etachilik qobiliyati uni xali eng buyuk futbolchi qiladi.

Neymar PSJga ajoyib muxitni olib keldi. 6 yildan buyon biz boshlagan loyiha tufayli, frantsuz futboli va Evropa futboli yangi darajaga ko‘tarildi. Neymar sotib olingach, biz o‘z orzularimizning ro‘yobini ko‘rishga yaqinlashamiz.

Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele:

- Frantsiyaga ko‘chib o‘tganing bilan tabriklayman. Yangi jamoasida unga omad tilayman. Parij men yaxshi ko‘rgan shaharlardan biri, u judayam go‘zal.

2005 yilgi "Oltin to‘p" sohibi Ronaldino:

- Neymar hozir ajoyib formada. Braziliyalik sifatida umid qilamanki, u Messi va Ronaldudan so‘ng dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘ladi.

Baxtiyor TOShTEMIROV tayyorladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!