“Chelsi” haqida siz hech qaerda eshitmagan 5 fakt

  • 10 dekabr, 2018, 00:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

113 yillik tarixi davomida klub 6 bor Angliya chempioni bo‘lgan, 8 bor Angliya kubogini, 5 marta Angliya Liga kubogi, 4 bor Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, EChL va Evropa ligasida ham bir martadan g‘olib bo‘lgan.

Ammo biz bugun “Chelsi” haqida hamma biladigan ma’lumotlarni emas, aksincha, ko‘pchilik eshitmagan faktlarni keltirishni joiz deb topdik.

1982 yilda klub 1 funtga sotilgan

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, hozirgi “Chelsi” o‘zida yulduz futbolchilarni jamlagan superklublardandir, ammo o‘sha vaqtlar bunday bo‘lmagan.

Jumladan 1982 yilda “aristokratlar” katta moliyaviy inqirozga duch kelishadi. Klubning tashqi qarzi 1,5 mln funtga etadi. Futbolchilar maoshsiz qoladi. Jamoaning o‘zi esa yo‘q bo‘lib ketish arafasiga keladi. Hozirda 1,5 mln funt jahon futbolida “sariq chaqa”ga tengdir, ammo o‘sha davrda bunday summa har qanday ingliz jamoasiga uchun yaxshigina edi.

Shunda yordamga britaniyalik tadbirkor Ken Beyts yordamga keladi. Beyts ramziy 1 funt evaziga klubni sotib oladi va barcha qarzlarni to‘laydi. O‘shanda “Chelsi” haftasiga 12 ming funt zarariga ishlagan edi. Ammo tadbirkor ishlab chiqqan tizim natijasida vaziyat ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi.

To‘g‘ri, Beytsning “Chelsi”si ham 2003 yilda qarz botqog‘iga botadi. O‘shanda rossiyalik oligarh Roman Abramovich 140 mln funt evaziga klubni sotib oladi. Jamoaning 30 % aktsiyasiga ega bo‘lgan Beyts esa 17 mln daromad oladi. “Aristokratlar”ning yangi egasi ishni 80 mln funtlik qarzlarni to‘lashdan boshlagan edi o‘shanda.

“Chelsi” raqib jamoa libosida o‘ynashga majbur bo‘lgan

1997 yilning 9 aprel sanasida “nafaqaxo‘rlar” tarixidagi eng unutilmas o‘yin bo‘lib o‘tgan. Shu kuni londonliklar “Xayfild Roud”da “Koventri”ga qarshi bahs olib borishadi. Aksiga olib o‘sha kuni o‘yindan oldin bo‘lib o‘tgan mitingda har ikki jamoa ham o‘zlarining uy liboslari – ko‘k rangdagi ekipirovkalarni olib kelgani ma`lum bo‘ladi. “Chelsi”da esa zaxira varianti yo‘q. Oldinda ikki yo‘l qoladi: 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat yoki raqib jamoa libosida maydonga tushish. Yakunda esa mutassadilar raqib jamoaning mehmondagi o‘yinlar uchun tayyorlangan liboslarida maydonga tushishadi va shu bois uchrashuv 15 daqiqa kech boshlanadi. Yakunda esa mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishadi.

Shimoliy qutbdagi o‘yin

tryomse

tryomse1

O‘sha yili “Chelsi” yana bir bor qiyin ahvolda qoladi. Aniqrog‘i 1997 yilning 24 oktyabr sanasida “aristokratlar” Kubok egalari kubogi musobaqasi doirasida Norvegiyaning “Tryomse” jamoasiga qarshi shu nomdagi shaharda bahs olib borishadi. Mazkur shahar Shimoliy qutbdan bor yo‘g‘i 400 km uzoqlikda joylashgan va o‘yin vaqtida yog‘gan kuchli qor tufayli bellashuv ikki marta to‘xtatilinadi. Sovuq ob-havo tumanli albion vakillariga omad keltirishmaydi va jamoa 2:3 hisobida imkoniyatni boy beradi. To‘g‘ri, Londondagi javob uchrashuvida Rud Gullit shogirdlari 7:1 hisobida raqibdan ustun keladi va keyingi bosqichga chiqadi.

“Chelsi” Angliya chempionatida maydonda birorta inglizsiz o‘ynagan ilk jamoa

Bugungi kunda Angliya Premer-ligasida ko‘plab legionerlar to‘p suradi va bu oddiy  hol. Londonliklar esa o‘tgan asr so‘nggidayoq butun jamoani legionerlardan tuzishgan edi. 1999 yilning 26 dekabrida “Sautgempton”ga qarshi bellashuvni birorta ingliz futbolchisisiz boshlaydi. Bunday holat ingliz birinchiligining 111 yillik tarixi davomida ilk bor ro‘y bergan edi.

“Aristokratlar”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan o‘yinda Janluka Vialli quyidagi tarkibga ishonch bildirgan edi: De Guy (Gollandiya), Ferrer (Ispaniya), Babayaro (Nigeriya), Emerson Tome (Braziliya), Petresku (Ruminiya), Ambrozetti (Italiya), Di Matteo (Italiya), Desham (Frantsiya), Poyet (Urugvay), Flo (Norvegiya).

Faqatgina zaxiradan Jon Xarli va Jodi Morrislar maydonga tushgachgina, tarkibda ingliz futbolchilari paydo bo‘lgan edi o‘shanda.

Fernando Torres – bir mavsumda 7 musobaqada gol kiritgan jahondagi yagona futbolchi

torres goal chel

Torres “Chelsi”da u qadar yaxshi o‘ynay olmagan. Shunday bo‘lsada, o‘z nomini klub tarixiga muhrlay olgan. Ispaniyalik forvard bir mavsum davomida 7 ta turnirda gol kirita olgan yagona futbolchi sanaladi.

Torres mazkur rekordni 2012/13 yilgi mavsumda qayd etadi. O‘sha mavsum “nafaqaxo‘rlar” 7 ta musobaqada ishtirok etishadi. Bular APL, Angliya kubogi, Liga kubogi va Superkubogi, EChL, Evropa ligasi, klublar o‘rtasidagi JCh va UEFA Superkubogida ishtirok  etgan Torres shu musobaqalarning 6 tasida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yadi. Faqatgina UEFA Superkubogida Fernando raqib darvozasini ishg‘ol eta olmaydi. Shunday bo‘lsada, 2009 yilda Pedro (mavsumda 6 musobaqada gol kiritgan) tomonidan qayd etilgan rekordni  yangilay olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!