Chirchiqda yangi "yangi Ruslan Nurudinovlar" kashf etildi
Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari yakuniga etdi.
Qiziqarli tarzda kechgan musobaqada qizlar o‘rtasidagi bahslarda turli vazn toifalarida Jamila Panfilova, Sevinch Komilova, Munisa Hamdamova, Husnora Xabirova, Nilufar Kuryozova, Musharrafxon Madaminova, Ro‘zaxon Davletova, Zarnigor Abdurahmonova kabilar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek o‘g‘il bolalar bahsida esa Xojiakbar Olimov, Musharraf Rahimov, Nurdiyor Mirzarahimov, Jamshid Mirzaev va Akmaljon Ochildiev kabi sportchilar shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egallashdi.

Fikrlar