Chirchiqlik atletlar tengsiz

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya universitetida sportning futbol, futzal, stol tennisi, basketbol, voleybol va engil atletika turlari bo‘yicha Toshkent viloyat birinchiligi o‘tkazildi.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqa «Yoshlar haftaligi» doirasida o‘tkazilib, unda viloyatdan jami 280 nafar yoshlar qatnashdi.

Musobaqaning futbol bahslarida O‘DJTU jamoasi, futzal sport turi bo‘yicha Yangiyo‘l shahar jamoasi, stol tennisi va voleybol bo‘yicha Ohangaron shahri jamoasi, basketbol hamda engil atletika bo‘yicha Chirchiq shahar jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

photo_2018-11-05_15-29-55

photo_2018-11-05_15-29-57

photo_2018-11-05_15-29-37

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!