"Dakar-2017": Chempion poygada g‘ildirak topolmay qoldi
"Dakar" rallisining uchinchi bosqichi yuk mashinalar poygasida amaldagi chempion Jerar de Roy uchun haqiqiy azob bo‘ldi. Masofaning birinchi qismidayoq Jerar de Roy boshqarayotgan yuk mashinasining uchta g‘ildiragi teshildi. Ustiga-ustak g‘ildiraklarni avtomatik tarzda damlaydigan tizim ishlamay qoldi. Eng yomoni shundaki, de Roy poygaga atigi ikkita zaxira g‘ildiragini olib chiqqan ekan. Natija ham shunga yarasha bo‘ldi va poygachi chempionlik unvonidan ayrilishga yaqin turibdi.
Murakkab trassada "KAMAZ" mashinalari ishonchni oqladi. "KAMAZ-master" jamoasi poygachisi Eduard Nikolaev marraga birinchi keldi va umumiy ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"Dakar-2017". Yuk mashinalari. Uchinchi bosqich.
1. Eduard Nikolaev (KAMAZ) — 2:45:51
2. Martin Kolomi («Tatra») +0:48
3. Ton van Genugten («Iveko») +1:01
4. Federiko Vilyagra («Iveko») +4:33
5. Sergey Vyazovich (MAZ) +5:36
6. Xans Steysi (MAN) +11:38
7. Piter Verslyoys (MAN) +11:50
8. Dmitriy Sotnikov (KAMAZ) +12:35
Umumiy natijalar.
1. Martin Kolomi («Tatra») — 5:57:23
2. Eduard Nikolaev (KAMAZ) +0:33
3. Federiko Vilyagra («Iveko») +4:40
4. Sergey Vyazovich (MAZ) +5:40
5. Piter Verslyoys (MAN) +11:20
6. Dmitriy Sotnikov (KAMAZ) +11:45
7. Xans Steysi (MAN) +11:54
8. Ton van Genugten («Iveko») +12:51
Fikrlar