"Dakar-2017": Ralli poygalarida g‘alati ishlar bo‘lyapti

 
Bu yilgi "Dakar - 2017" rallisida ishtirok etayotgan sportchilar antiqa sarguzashtlarga duch kelmoqa. Joriy yilning 2 yanvar kuni boshlangan va 14 yanvarda tugashi lozim bo‘lgan musobaqada uch mamlakat - Paragvay, Boliviya, Argentina mezbonlik qilmoqda.
 
Oldindan rejalashtirilgan poyga qariyb 9000 kilometr masofani tashkil etishi kerak edi. Poygalar boshlanishi bilan ishtirokchilar misli ko‘rilmagan qiyinchiliklarga duch keldi. Endi esa ralli tashkilotchilari tabiat injiqliklariga bas kelolmayapti.
 
 
Ob-havo sharoiti tufayli rallining beshinchi va ettinchi bosqichlarida masofa qisqartirildi, oltinchisi esa umuman o‘tkazilmadi. Sakkizinchi bosqichda poygachilar startga chiqdi. Bu gal motopoygachilardan ispaniyalik Xoan Barreda-Bort, kvadrotsikllar poygasida chililik Ignasio Kasale, mashinalar bahsida frantsuz Sebastyan Lyob va yuk mashinalar musobaqasida gollandiyalik Martin van den Brink marraga birinchi keldi.
 
 
"Dakar" poygalari endi qizg‘in pallaga kirgan bir paytda musobaqa tashkilotchilari yog‘ingarchilik tufayli ko‘chki yuz berishi mumkinligini inobatga olib, to‘qqizinchi bosqichni ham o‘tkazmaslikka qaror qilishdi.
 
 
Shu o‘rinda poyga masofalarining qisqartirilishi va ayrim bosqichlarni o‘tkazilmasligi ralli ishtirokchilarining rejalarini buzib yubormoqda. Muxlislar esa har qanday sharoitda ham o‘z mahoratini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan yangi chempionlarni kutmoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!