
«Daydi o‘g‘il»ning qaytishi
Terri Anri o‘z faoliyatini boshlagan «Monako»ga nihoyat qaytdi. Payqaganingizdek, bu safar u bosh murabbiy sifatida qadrdon jamoasiga qaytdi. Anri klubning so‘nggi o‘n yillikdagi beshinchi murabbiyiga aylandi.
Uning qaytishiga frantsuz klubining yangi mavsumni omadsiz boshlagani va turnir jadvalida oxiridan ikkinchi o‘rinda qolib ketayotgani sabab bo‘ldi.
Ikki mavsum oldin endi sobiq murabbiyga aylangan Leonardo Jardim bilan Chempionlar Ligasi yarim finalchisiga aylangan va 1 Liga chempionligini qo‘lga kiritgandi. Ular qit’aning eng mohir futbolchilarini, jumladan Kilian Mbappeni etishtirib bergandi. Klubning hozirgi ahvolini ko‘rish juda achinarli.
«Monako»da sifatli futbolchilar etarlicha topiladi, gap Anrining ularni kashf qila olishida. Futbolchi sifatida biz undan ko‘p narsani kutishimiz mumkin edi. Ammo murabbiy sifatidagi Anridanchi? Albatta buni vaqt ko‘rsatadi.
Yaqingacha Belgiya termasi yordamchi murabbiyi bo‘lgan sobiq hujumchi top-murabbiylar bilan ishlab anchagina tajriba orttirgan. Endi esa o‘zining yo‘nalishini aniqlab uni amalda tatbiq qilishning vaqti keldi.
Xo‘sh, uning boshqaruvida monegasklar qanday ko‘rinish hosil qilishi mumkin? Quyida shuni tahlil qilamiz.
4-4-2 – Vengercha uslub
Anri «Arsenal» bilan o‘tkazgan sakkiz yillik faoliyati davomida 226 gol urgani, «to‘pchilar»ga ikki marta Premer Ligani yutishiga yordam bergani va Arsen Venger qo‘li ostida porlagani tufayli bu ikki nom sinonimga aylanib ketgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
2003-04-yilgi mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlagan «Arsenal» Premer Ligada bunday natijaga erishgan birinchi klubga aylangandi.
O‘sha mavsumda Vengerning futbol qarashi to‘liq namoyon bo‘lgandi: o‘yin uslubi va ijro. Albatta shu mavsumdagi 4-4-2 o‘yin sxemasi Anrida ajoyib taassurot qoldirgan bo‘lishi aniq.
Biz o‘sha taktikani yangi jamoasida ko‘rishimiz mumkinmi? «Arsenal» yoshlarga tayanib katta muvaffaqiyatlarga erishgandi. «Monako»ning hozirgi tarkibi o‘rtacha yoshi ham 23.7 ni tashkil qiladi. Ular 1 Ligadagi eng yosh jamoa hisoblanadi.
Albatta, tarkibda tajribali futbolchilar ham bor. Masalan, Daniel Subashich (33 yosh) Anriga ko‘mak berishi mumkin.
Anri aqlli hujumchi edi, u o‘zgacha iste’dodga ega Dennis Bergkamp bilan ajoyib tandem hosil qilgandi. U yangi jamoasida 17 yoshli Pellegri va Radamel Falkaolar o‘rtasida ana shunday juftlikni hosil qilishi mumkin.
Anri uchun qanotlar ham juda muhim. Rober Pires va Freddi Lyunberg Venger tizimida muhim qism edi. Xuddi shu ishni Roni Lopes, Mussa Silla va Villem Gebbelslar Anri qo‘li ostida bajarishi mumkin.
4-3-3 – Gvardiolaning «sehrli shamchirog‘i»
Agarda ularni enga olmasang unda ularga qo‘shil, shiori Anriga tegishli. Chempionlar Ligasi finalida «Barselona»dan mag‘lub bo‘lgach, Anri bir yil o‘tib «Kamp Nou»ga yo‘l oldi. U erda qahramonimiz Xavi, Eto’o va Messilar bilan uch ajoyib mavsumni o‘tkazdi.
Uning birinchi mavsumi Frank Raykardning so‘nggi mavsumiga to‘g‘ri keldi. U garchi mavsumni quruq sovrinlarsiz tugatgan bo‘lsa, Pep Gvardiola qo‘li ostida sovrinlarga ko‘milib ketdi.
Veteran futbolchiga aylanib borgan Anri 4-3-3 o‘yin uslubida Eto’o va Messilar bilan birga kuchli hujum uchligini hosil qilgandi. Ularning ortida Buskets, Xavi va Inestalar o‘ynaganini unutmasak, bemalol ushbu tarifni qo‘llashimiz mumkin.
Gvardioladan bu vaqt oralig‘ida ko‘p narsalarni o‘rgangan Anri endi o‘z jamoasida buni qo‘llashi mumkin.
3-4-3 – Martinesning «topishmog‘i»
Murabbiylikka o‘tish Anrining rejalarida avvaldan bor edi. U bu boradagi dastlabki faoliyatini 2016-yilda boshladi. «Uigan» va «Everton»ning sobiq murabbiyi Roberto Martines Belgiya termasi boshqaruviga o‘tgach, Anri uning yordamchisiga aylandi.
Ungacha Frantsiyaning eng yaxshi to‘purari assistentlik bilan birga Sky Sports bilan ham hamkorlik qilayotgandi. Biroq yozda u bor e’tiborini terma jamoadagi faoliyatiga qaratdi va keyinroq termadan ham ketdi.
Uning ketishi ayniqcha Romelu Lukakuga ta’sir qildi. Afsonaviy hujumchi «Manchester Yunayted» vakiliga «aldamchi to‘qqizlik» vazifasida qanday o‘ynag kerakligini juda yaxshi o‘rgatayotgandi. U Belgiya bilan Mundialda uchinchi o‘rinni egallashiga munosib hissasini qo‘sha oldi.
Martinesning antiq 3-4-3 o‘yin uslubi Anriga yordam berishi mumkin. Birgalikda ushbu o‘yin tizimining kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilib chiqqan Anri Frantsiya janubida ham buni amalda sinab ko‘rishi mumkin. Martines tomonidan chap qanot vingeri sifatida qo‘llanilgan Nosir Shadli bilan qayta uchrashuv unga moslashishga xizmat qilishi kerak.
Jemerson, Kamil Glik va Benjamin kabi uch markaziy himoyachi bilan jamoa moslashuvchanlik va himoyani his qilishi mumkin.
Albatta Martines uch kishilik himoyaga bekorga o‘tgani yo‘q. Har qanday murabbiy zamonaviy futbolda himoyada ozchilik bilan o‘ynashni tavakkal qilmaydi. Ammo Dris Mertens, Kevin De Bryuyne, Eden Azar va Lukaku kabi mohir iqtidorlari bor terma jamoada har qanday turdagi taktikalarni qo‘llab ko‘rish mumkin. Biroq «Monako»dachi? Stefan Yovetichning kuchi etarmikin? Albatta unga Golovin va Falkaolar kamarbasta bo‘lishga urinib ko‘radi. Ular ham har holda raqib himoyachilariga tahdid tug‘dira oladi.
Fikrlar