Del Potro Messidan o‘zib ketdi
Argentinalik tennischi Xuan Martin del Potro o‘z mamlakatidan yilning eng yaxshi sportchisi, deb topildi. "Olimpiya-de-Oro" deb nomlanuvchi ushbu sovrin sohibi mahalliy sport jurnalistlari uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan so‘rovnoma asosida aniqladi.
Argentinalik jurnalistlar xuan Martin del Potroni Rio Olimpiadasida kumush medal olgani va terma jamoasining Devis kubogidagi g‘alabasiga muhim hissa qo‘shganini yuqori baholadi. Del Potro 2009 yili AQSh ochiq chempionatida zafar quchganida ham o‘z yurtining eng zo‘r sportchisi deb tan olingan edi.
Yilning eng yaxshi sportchisi so‘rovnomasida Xuan Martin del Potro Argentina terma jamoasi va "Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirdi.


Izohlar (0)