
Denis Istomin Amerikada necha pul ishlab oldi?
Avval, AQShning Chikago shahrida "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Chicago Challenger" turniri o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur musobaqaning final uchrashuvida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin amerikalik Reylli Opelkani 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Denis uchun ushbu g‘alaba 21,600 AQSh dollari va 125 reyting ochkosini keltirdi.
Fikrlar