Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Denis Istomin bugun kortga chiqadi

Zohir2018
Izohlar: 0
Xabaringiz bor, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shtutgartda o‘tayotgan "ATP Mercedes Cup" turnirining chorak finaliga chiqqan edi.
U sovrin jamg‘armasi 729.340 evro bo‘lgan mazkur turnirning ikkinchi bosqichida Denis germaniyalik tennischi – Florian Mayerni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Bugun, Denis Istomin mazkur musobaqaning chorak finalida frantsiyalik Lyuka Puyga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14:00da o‘tkaziligi kutilmoqda.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q