
Denis Istomin chorak finalda
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shtutgartda o‘tayotgan "ATP Mercedes Cup" turnirining ikkinchi davrasida ham g‘alaba qozondi.
Sovrin jamg‘armasi 729.340 evro bo‘lgan mazkur turnirning ikkinchi bosqichida Denis germaniyalik tennischi – Florian Mayerga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvda tennischimiz 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Denis Istominning navbatdagi raqibi bir ozdan so‘ng aniq bo‘ladi.
Fikrlar