Denis Istomin ikkinchi davraga yo‘l oldi
Avstraliyaning Brisben shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sovrin jamg‘armasi 528.910 AQSh dollari bo‘lgan “ATP Brisbane International – 2018” turnirining birinchi davrasida Denis Istomin va Damir Jumxur o‘zaro raqobatlashdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Bosniya va Gertsegovina vakili Damirga qarshi o‘tkazilgan o‘yinning birinchi setida 7:6 hisobida mag‘lubityaga uchragan bo‘lsa, ikkinchi setni 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal etdi.
O‘yinning so‘nggi hal qiluvchi uchinchi setida Denis Istomin aniq to‘p uzatmalari bilan 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar