Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Denis Istominga Dubay juda yoqmoqda

Izohlar: 0

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Birlashgan Arab Amirliklarida boshlangan "Dubai Duty Free Tennis Championships - 2017" turnirida ishtirok etmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 2858530 AQSh dollari bo‘lgan musobaqani hamyurtimiz saralash bellashuvlaridan boshladi. Denis Istomin dastlabki uchrashuvda avstraliyalik Aleksey Popiringa qarshi o‘tkazib, raqibini 6:4, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekistonlik tennischi asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan hal qiluvchi bellashuvda avstriyalik Marton Fuksovichga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda raqibidan har tomonlama ustuligini namoyish etgan Denis 6:1, 7:6 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

Denis Istomin Dubaydagi turnirning asosiy to‘ridagi ilk uchrashuvini gollandiyalik Robin Xasega qarshi o‘tkazadi. Bungacha har ikki tennischi o‘zaro ikki marotaba to‘qnash kelgan va uchrashuv evropalik raketka ustasi foydasiga hal bo‘lgan.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q