Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Denis Istominga qur’a omadli keldi

Izohlar: 0

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQShning Mayami shahrida boshlangan "Masters" turkumidagi yuqori nufuzli musobaqa - "Miami Open - 2017" turnirining asosiy to‘ridan joy oldi.

"Miami Open - 2017" musobaqasining bu yilgi mukofot jamg‘armasi 6 993 450 AQSh dollarini tashkil etmoqda.

Dunyoning eng kuchli tennischilari ishtirok etayotgan ushbu turnir qur’asiga ko‘ra, Denis Istomin birinchi davrada rossiyalik Aleksandr Kuznetsov bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Denis Istomin va Aleksandr Kuznetsov bungacha ikki marotaba o‘zaro kuch sinashgan. 2013 yilda o‘tkazilgan Moskvadagi "Kremlin Cup - Moscow" va Londondagi "AEGON Championships - London" musobaqalarida hamyurtimiz raqibini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q