Dunyodagi eng “aqlli” stadion haqida bilasizmi?

Levi’s Stadium 2014 yilda AQShning Kaliforniya shtatida qurilgan. Ushbu arena Milliy Futbol Ligasi ishtirokchisi “San-Frantsisko Forti Nayners” jamoasining uy stadioni hisoblanadi. Ushbu arena NFL o‘yinlaridan tashqari, Beyoncening kontsertlari, restling musobaqalari, futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va hatto xokkey uchrashuvlarini ham o‘zida qabul qiladi. Ammo birinchi navbatda ushbu stadion o‘zining yuqori darajadagi qulayliklarga ega ekanligi bilan ham mashhurdir.

Shu o‘rinda Levi’s Stadiumni dunyoagi eng zamonaviy stadionlardan biri sifatida ham ta’riflash mumkin. Nima uchun deysizmi? Quyida uning sabablarini keltirib o‘tamiz.

Yuqori tezlikdagi Wi-Fi

10 terabayt internet. O‘tgan mavsumda Super Bowl finalida Levi’s Stadiumda wi-fi orqali aynan mana shuncha internet tarqatilgan. Taqqoslash uchun, 10 terabayt – bu deyarli 6000 soat  HD formatdagi videoni tomosha qilish uchun etarli internet deganidir.

Arena to‘la ravishda har 100 o‘rindiqqa o‘rnatilgan 70000 kishiga mo‘ljallangan yuqori tezlikdagi uzilishsiz internet va wi-fi router bilan ta’minlangan.

Kaliforniyada joylashgan stadion internet tizimi bilan ta’minlangan dunyodagi eng birinchi arenalardan biri hisoblanadi.   Bugungi kunda bu turdagi stadionlar butun AQShda 29 tani tashkil etadi. Bu esa qo‘shma shtatlardagi stadionlarning muxlislar bilan to‘lib toshishi uchun eng asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda.

Mobil xizmatlar

Ushbu stadionda sifatli mobil internet bilan birgalikda elektron savdo ham yo‘lga qo‘yilgan.  Har bir ishqiboz stadion uchun mo‘ljallangan ilova orqali oldindan bilet xarid qilishi, egulik yoki biron ichimlikni oldindan xarid qilishi mumkin.

Ushbu ilova xoh o‘yin avvalidan bo‘lsin, xoh o‘yin vaqti va xoh o‘yindan keyin bo‘lsin kun davomida muxlislar uchun barcha qulayliklarni yaratib berishga xizmat qiladi. Xususan, o‘yin oldidan istagan kishi uyda turgan holda, biror egulikka buyurtma berishi, uning haqini to‘lashi va keyinchalik esa maxsus joydan olib ketishi mumkin. Bu kabi qulayliklar turli darajadagi navbat kutishlar, naqd pul muammosi va stadiondagi boshqa shu kabi an’anaviy asabbuzarliklarning oldini oladi.

Bundan tashqari, stadionga kirishda ilova mashinangizni qaerga joylashtirishingiz va u sizga kerakli sektordan qancha masofa uzoqlikda ekanligini ham aniqlab beradi.

Stadionning o‘zida esa o‘rningizdan qo‘zg‘almagan holda, deyarli barcha ishni qilishingiz mumkin: egulik buyurtma qilishingiz (uni sizning o‘rningizga keltirib berishadi), istalgan vaziyatni qaytadan tomosha qilishingiz shu bilan birgalikda o‘zingiz istagan statistik ma’lumotni olishingiz va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishingiz mumkin.  

Bayroqchalar

Stadiondagi barcha navigatsiyalar arenaning barcha burchaklariga o‘rnatilgan beacon bayroqchalari bilan ta’minlangan. Ushbu bayroqchalarishqibozlarga harakatlanishdagi barcha qulayliklarni taqdim etadi. Bu boshqa tomondan tashrif buyuruvchilarning xulq-atvorini tushunish va ularning stadion bo‘ylab harakati, nimaga ko‘proq va aksincha, nimalarga kamroq vaqt sarflayotganliklarini tushunib olishga imkon beradi.

Ushbu ma’lumotlar esa stadionda xizmatlar sifatini oshirishdan tortib, individuallashtirilgan maketinggacha bo‘lgan juda ko‘p maqsadlarda qo‘llaniladi.

Big Data davri

Ko‘pchilik stadionlarda bo‘lgani kabi Levi’s Stadiumda ham CRM xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu xizmat orqali har bir tashrif buyurgan muxlisga tegishli bo‘lgan feysbukdagi “layk”lardan tortib, bilet yoki egulik buyurtmasigacha bo‘lgan turli ma’lumotlar jamlanadi.

Natijada esa klub muxlislari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan holda, o‘z auditoriyasini kengaytirishi va sotuvlar hajmini oshirib boradi.

Quyosh batareyalari

Levi’s Stadiumda sarflanayotgan energiyaning katta qismi, arena “yashil” peshayvonlariga tom shaklida o‘rnatilgan quyosh batareyalari hisobiga qoplanadi.

Bu nima uchun kerak?

Ushbu yangliklar shunchaki yuqori darajadagi texnologiyalarni ko‘z-ko‘z qilish uchun qiliyapti deganlar biroz adashishadi. ESPN nashrining har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib boruvchi so‘rovnomalari natijasiga ko‘ra, ko‘pchilik muxlislar o‘yinlarni qulay internetga ega bo‘lgan holda, televizor oldida kuzatishni afzal bilishar ekan.

“Aqlli” stadionlar esa mana shu borada ham televizion translyatsiyalar bilan muvaffaqiyatli ravishda raqobatlashmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida

Levi’s Stadium 2012 yil aprel oyidan 2014 yilning iyul oyiga qadar qurilgan bo‘lib, ushbu stadionga Magnusson Klemencic Associates kompaniyasi egalik qiladi. Stadoin loyihasi muallifi esa Hatheway Consulting LLC kompaniyasi hisoblanadi. Umumiy qiymati $1,3 milliard dollarni tashkil etuvchi stadion arxitektori HNTB bo‘lib, Turner Construction kompaniyasi tomonida qurilgan. Dastlab 68500 muxlis uchun mo‘ljallangan arena o‘rindiqlari keyinchalik 75000ga qadar oshrilgan bo‘lsada, ushbu stadiongatashrif byuruvchi muxlislar soni 69732 tani tashkil etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!