Dzyudochilarimizdan bugun ham omad yuz o‘girdi
Nurali
Jahon chempionatining ikkinchi kunida ham medalsiz qoldik
Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Bugun reglamentga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida 66 va qizlar o‘rtasida 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi sportchilar chempionlik uchun kurash olib borishadi.
Yurtdoshimiz Sardor Nurullaev dastlabki davrada Kongo Demokratik Respuiblikasi vakili bilan kuch sinashib, muddatidan avval g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq keyingi davrada isroillik Tal Flikerga qo‘shimcha vaqtda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qizlarimizdan Gulnoza Ziyaeva mo‘g‘ulistonlik raqibasiga qarshi kechgan bahsda omadsizlikka uchrab, musobaqani erta tark etdi.

Izohlar (0)