Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Dzyudochimiz JCh yarim finalida!

Nurali
Izohlar: 0

Dzyudochimiz Bekmurod Oltiboev dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiing yarim finaliga yo‘llanma oldi

Xabar berganimizdek, bugun dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kun doirasida eng og‘ir vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun bahs olib borayotgan vakilimiz Bekmurod Oltiboev yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Dastlab Avstraliya, Braziliya, Qozog‘iston vakillarini dog‘da qoldirgan Oltiboev chorak finalda tojikistonlik Temur Rahimovni mag‘lub eta oldi. Shu tariqa yurtdoshimiz kechki dasturda final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradigan bo‘ldi. Uning oltin medal uchun kurashdagi raqibi ozarbayjonlik Ushangi Kokauri bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli sportchimiz yaqinda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q