Emelyanenko 48 soniyada raqibini nokautga uchratdi
AQShning Chikago shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha Bellator 198 turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur jang kechasining asosiy to‘qnashuvida rossiyalik og‘ir vaznli sportchi Fedor Emelyanenko amerikalik Frenk Mir bilan kuch sinashdi. Jang musobaqaning 1/4 final doirasida o‘tkazildi.
Mazkur bellashuvning 48 soniyasidayoq rossiyalik sportchi Mirni nokautga uchratdi. Bu amerikalik jangchi faoliyatidagi eng tezkor nokaut bo‘ldi. Bundan oldingi uning antirekordi 2006 yilda qayd etilgan bo‘lib, hamyurti Brendon Vergi 68 soniyada mag‘lub bo‘lgan.
Shunday qilib, chorak final g‘olibi tashkilot chempioniga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jangga qadar 41 yoshli rossiyalik sportchi hisobida MMAda 36 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat bor edi. 38 yoshli Mir hisobida esa 18 g‘alaba va 11 mag‘lubiyat mavjud.

Fikrlar