Emelyanenko raqibidan engil chiqdi
Rossiyalik aralash jang san’atlari (MMA) ustasi Fedor Emelyanenko amerikalik Frenk Mirga qarshi jang oldidan o‘tkazilgan vazn tortish marosimida raqibidan engil chiqdi. Vazn tortish marosmimi Rouzmontda (Illinoys shtati, AQSh) bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Emelyanenko 108,9 kg “tosh bosgan” bo‘lsa, Mir - 118,6 kg vaznni qayd etgan.
Og‘ir vaznda Bellator tashkiloti chempionlik kamari uchun kechadigan chorak final Gran-pri to‘qnashuvi bugun 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
41 yoshli rossiyalik sportchi hisobida MMAda 36 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat bor. 38 yoshli Mir esa doping mojarosidan so‘ng 2016 yildan beri diskvalifikatsiya sababli ringga chiqmay kelayotgan edi. Uning hisobida 18 g‘alaba va 11 mag‘lubiyat bor.
Fikrlar