Erkin Karimov 75 yoshda!
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, I-darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni sohibi, Erkin Karimov o‘zbek og‘ir atletikachilari orasida birinchi Jahon va Evropa rekordchisi, sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasi, Kubogi va chempionatlari, ko‘plab Xalqaro musobaqalar g‘olibidir.
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shohrullo Mahmudov Erkin Karimovni qutlug‘ 75 yoshi bilan tabriklar ekan, jumladan shunday dedi:
"...Siz nafaqat sportchi, balki yuqori malakali mutaxassis, iste’dodli murabbiy sifatida ham yurtimizda og‘ir atletikani rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdingiz. N.Muxamedyarov, I.Sadikov, X.Mamatqulov, V.Mosibit, I.Isoqov, V.Sirtsov, U.Alimov, R.Nurudinov singari o‘nlab shogirdlaringiz Olimpiya o‘yinlari, Jahon va qit’a chempionatlari va boshqa yirik Xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz dovrug‘ini olamga yoydilar.
Bugungi kunda ham Siz maslahatchi – murabbiy sifatida terma jamoa a’zolari bilan yonma yon, faol ishlab kelmoqdasiz. Sportchilarimizning so‘nggi 4 ta Jahon chempionati va 2 ta Olimpiadada qayd etgan yuqori natijalari, xususan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida Ruslan Nurudinovning Olimpiya g‘olibi va rekordchisi bo‘lib dunyo sport tarixidan munosib o‘rin olishida ham Sizning katta hissangiz bor.
Hurmatli ustoz! Sizning Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi beminnat xizmatlaringiz Davlatimiz tomonidan e’tirof etilib, Siz O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi faxriy unvoni hamda I-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangansiz, O‘zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi sportchilari ro‘yxatidan joy olgansiz.
Qadrli Erkin aka!
Bugungi quvonchli kuningizda Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, ezgu ishlaringizda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Fidoyilik, g‘ayrat-shijoat Sizni hech qachon tark etmasin.
.
Siz nafaqat sportchi, balki yuqori malakali mutaxassis, iste’dodli murabbiy sifatida ham yurtimizda og‘ir atletikani rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdingiz. N.Muxamedyarov, I.Sadikov, X.Mamatqulov, V.Mosibit, I.Isoqov, V.Sirtsov, U.Alimov, R.Nurudinov singari o‘nlab shogirdlaringiz Olimpiya o‘yinlari, Jahon va qit’a chempionatlari va boshqa yirik Xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz dovrug‘ini olamga yoydilar.
















Fikrlar