Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Erkin kurashchilarimiz yaxshi start olishdi

Nurali
Izohlar: 0

Buxarestdagi JChda erkin kurashchilarimiz bahslarni muvaffaqiyatli o‘tkazishmoqda

Xabar berganimizdek, Ruminiya poytaxtida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida navbatdagi dunyo birinchiligi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Reglamentga ko‘ra, bugun erkin kurash yo‘nalishiga ham navbat berildi. 

Quvonarlisi, bu yo‘nalishda kurashayotgan vakillarimiz dunyo birinchiligini ancha ko‘ngildagidek boshlashdi. -57 kg vazn toifasida Jahongirmirza Turobov dastlabki davrada qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Yarim finalga chiqish uchun vakilimiz ozarbayjonlik Afg‘on Hashalovni engishi kerak bo‘ladi. 

-70 kg vazn toifasida bahslarni boshlagan Ramazon Ibodov, -79 kg vaznda Isa Shapiev ham 1/4 final bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi. Afsuski, -65 kg vazn toifasida kurashgan Temurjon Usmonohunov saralashda hindistonlik raqibiga 10:11 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q