Etti nafar bokschimiz Frantsiyadagi turnirda finalga chiqdi
Frantsiyada boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Dunyoning 24 davlatidan kelgan 150 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari bahslashayotgan musobaqada mamlakatimiz sharafini Abdulxay Shoraxmatov (56 kg), Shukur Rahimov (60kg), Aliyor Noraliev(64kg), Fazliddin Meliboev(69 kg), Odiljon Aslonov (75kg), Madiyor Saidrahimov (81kg), Sardor Yormuhammedov(91kg), Ulug‘bek Mubinov (+91 kg) himoya qilmoqda.
Keskin va murosasiz o‘tayotgan bellashuvlarda bokschilarimizning etti nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, faqatgina Ulug‘bek Mubinov o‘z vazn toifasida yarim final bosqichidan o‘ta olmadi.
"A" sinfiga mansub bo‘lgan turnirda bugun final uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo qit’asidan mazkur musobaqada faqatgina O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etmoqda.

Fikrlar