Ettinchi finalchimiz - Isroil Madrimov
Shahzod
Indoneziyada davom etayotgan XVIII Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov final uchun jangda filippinlik Marsiyal Feliksga qarshi jang olib bordi.
Juda og‘ir o‘tgan jangda Madrimov 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Endi bayroqdorimiz ertaga qozog‘istonlik Omonqul Abilxanga qarshi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

Izohlar (0)