Ex Elena, Elena!
Rossiyalik tennischi Elena Vesnina Madrid shahrida o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasida chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Unda Karolina raqibini 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Endi Plishkova "Mutua Madrid Open" turnirining ikkinchi bosqichida serbiyalik Aleksandra Krunich va belaruslik Viktoriya Azarenko uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar