Farg‘onada kutilmagan voqea yoxud Farrux Do‘stov g‘alabadan voz kechdi

  • 19 iyun, 2017, 19:40
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

 

Tecno
 

Farg‘onada boshlangan "Chellenjer" turkumidagi musobaqaning natija qayd etildi. Nufuzli turnirning birinchi davrasida muxlisu mutaxassislar mamlakatimizning ikki tennischisi - Sanjar Fayziev va Farrux Do‘stovdan ajoyib o‘yin kutgandi.

Birinchi set kutilganidek, qizg‘in kurashlar ostida kechdi va unda tajribaliroq bo‘lgan Farrux 6:4 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi partiyada 1:2 hisobida ortda qola boshlagan Do‘stov o‘yinni davom ettirmadi va Sanjarni keyingi davraga o‘tkazib yubordi.

Yana bir iste’dodli tennischimiz Sergey Fomin dastlabki bosqichda rossiyalik Andrey Yakovlevdan 6:0, 6:4 hisobida ustun keldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!