Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Fayziev finalga intilmoqda

Izohlar: 0
Qatarda o‘tkazilayotgan "Fyuchers" turnirida Sanjar Fayziev chorak finalga chiqdi.
Tajribali tennischimiz ikkinchi davra uchrashuvida Sezar Testoniga qarshi kortga chiqdi. Bu bahsda o‘zbekistonlik raketka ustasi raqibidan har jihatdan ustunligini namoyish qildi.
Bir soatu 42 daqiqa davom etgan o‘yin Sanjarning 7:5, 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Sanjar Fayziev yarim finalga chiqish uchun frantsiyalik Metyu Roy bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q