Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Federer million dollarlik finaldan quruq qoldi

Izohlar: 0
Avstraliyaning Pert shahrida o‘tkazilayotgan va mukofot jamg‘armasi bir million dollar bo‘lgan Xopman kubogida "A" guruhida ikkitadan uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilgan Shveytsariya va Frantsiya jamoalari so‘nggi turda o‘zaro kuch sinashdi.
Ushbu bahsda qaysi jamoa g‘alaba qozonsa finalga chiqardi. Shuning uchun ham o‘yin keskin va murosasiz o‘tdi. Dastlab, Rojer Federer raqibi Rishar Gaskeni 6:1, 6:4 hisobida engib, Shveytsariya jamoasini oldinga olib chiqdi.
Biroq, ikkinchi yakkalik bellashuvida Belinda Benchich frantsiyalik Kristina Mladenovichga yutqazib qo‘ydi -  4:6, 6:2,  3:6.
Hal qiluvchi jutfliklar bahsida Gaske va Mladinovich raqiblarini 4:2, 4:2 hisobida engib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Bosh sovrin uchun o‘tkaziladigan bellashuvda Frantsiya tennischilari "V" guruhi g‘olibi - AQSh jamoasiga qarshi kortga chiqadi.
Final
Frantsiya — AQSh 0:0
Rishar Gaske (Frantsiya) — Jek Sok (AQSh) - : -
Kristina Mladenovich (Frantsiya) — Koko Vandevege (AQSh) - : -
Kristina Mladenovich / Rishar Gaske (Frantsiya) — Koko Vandevege / Jek Sok (AQSh) - : -
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q