Federer nega yig‘ladi? (Video)
Shahzod
Shveytsariyalik mashhur tennischi Rojer Federer o‘zining vafot etgan sobiq ustozi Piter Karter haqida gapira turib yig‘lab yubordi.
"Piter bilan tanishuv? Bu juda ajoyib tarix. Biz Bazelda bo‘lib o‘tgan klublar miqyosidagi turnirda ilk bor uchrashgan edik. Men u vaqtda juda yosh edim, u esa jamoa yulduzi edi. Omadni qarangki, men uning qo‘l ostida shug‘ullana boshladim.
O‘ylaymanki, u men bilan fahrlangan bo‘lar edi. Uning o‘limi menga o‘ziga xos chaqiriq bo‘ldi. Men o‘z ustimda yanada qattiqroq ishlay boshlaganman", - deya ko‘z yoshlarini tiya olmadi Federer.
Ma’lumot uchun, Rojerning ustozi Piter Karter 2002 yil avtohalokat natijasida olamdan o‘tgan edi.


Izohlar (0)