Federer xomilador Serenaning rekordini endi yangiladi
Barchaga ma’lumki, ayni kunlarda Londonda “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri davom etmoqda.
Kecha musobaqaning uchinchi davra o‘yinlari yakuniga etdi. Bu bosqichda 18 karra “dubulg‘a”lar g‘olibi bo‘lgan Rodjer Federer rossiyalik Misha Zverevni mag‘lub etdi.
Bu shveytsariyalik tennischi faoliyatida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning yakkalik bahslarida qo‘lga kiritgan 317-g‘alaba bo‘ldi.
Bundan oldingi rekord esa ayni vaqtda xomiladorligi sabab, katta tennisni ma’lum muddatga tark etgan aqshlik Serena Uilyamsga tegishli edi – 316 ta g‘alaba.
Ma’lumot uchun, Federer Uimbldonda 7 bor g‘olib chiqqan. Shularning beshtasini 2003-2007 yillar davomida ketma-ket ravishda qo‘lga kiritgan.
Izohlar (0)