Fergyuson Xabibdan uzr so‘radi

CHERY AUTO

UFC jangchisi Toni Fergyuson 7 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kutilgan Xabib Nurmagomedov bilan qarama-qarshiligi o‘tkazilmasligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng raqibiga murojat qildi:

Tecno

- O‘z noroziligimni ta’riflay olmayman. Men ushbu vaziyatdan g‘azablanganman. Juma kuni bo‘lajak uchrashuv haqida suhbat olib borish uchun men jurnalistlar bilan uchrashgandim, studiyada bir hodisa tufayli tizzamdan jarohat oldim. UFC shifokorlari menga jang qilmaslikni tafsiya qilishdi. Yaqin orada mutaxassislarning ko‘rigidan o‘taman. Imkon qadar tezroq tiklanib chempionlik kamarini qaytarishga harakat qilaman.

Muxlislar, Xabib, o‘z jamoamdan, murabbiy hamda oilamdan  uzr so‘rayman! Hammaga sog‘lik tilayman, - deb Fergyuson tvitterda yozib qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni Xabib Nurmagomedov Maks Xolloueyga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!