Fernando Verdasko chorak finalda Denis Istominning alamini oladi
Zohir2018
Fernando Verdasko chorak finalda
Ispaniyalik Fernando Verdasko va ruminiyalik Mariush Kopil Sofiya shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.
Fernando birinchi setda 6:2 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, ikkinchi setda o‘yin tizginini qo‘ldan chiqardi va 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Biroq ispan tennischisi uchinchi setda o‘z o‘yin uslubini o‘zgartirib, so‘nggi setni 6:1 hisobida o‘z foydasiga hal qilid.
Shu tariqa "Sofia Open" musobaqasining chorak finaliga yo‘l olgan Verdasko, ushbu bosqichda italiyalik Matteo Berrettini sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi.


Izohlar (0)