Feruzbek WBO kamari uchun ringga chiqadi
Iste’dodli professional bokschimiz Feruzbek Yo‘ldoshev Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etiladigan musobaqada faoliyatidagi 13-jangini o‘tkazadi.
2 may kuni bo‘ladigan professional boks kechasida hamyurtimiz WBO Youth lightweight title - yoshlar o‘rtasidagi chempionlik kamari uchun tojikistonlik Muhammadxo‘ja Yaqubov bilan raqobatlashdi.
Professional bokschilik faoliyatini ikki yil muqaddam boshlagan Feruzbek Yo‘ldoshev shu kunga qadar 12 ta jangda ringada ringga chiqdi va 10 ta uchrashuvda g‘alaba qozondi. To‘rtta jangda raqiblarini nokautga uchratdi.
Sakkiz raundlik jangda Feruzbekka raqiblik qiladigan Muhammadxo‘ja shu kungacha oltita jangda zafar quchgan va ularning teng yarmida nokaut qayd etgan.
Bo‘lajak uchrashuvda Feruzbek Yo‘ldoshevga muvaffaqiyat tilaymiz!
Izohlar (0)