Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Finalga bir qadam qolganda

Izohlar: 0

Gonkongda boshlangan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari birinchi kungi bahslarda oltin medaldan quruq qoldi.

66 kilogram vazn toifasida gilamga chiqqan Sardor Nurullaev ketma-ket o‘tkazilgan uchrashuvlarda filippinlik Shugen Nakano, saudiyalik Sulaymon Hamad, qozog‘istonlik Azamat Mukanovni mag‘lubiyatga uchratdi.

Yarim finalda yana bir qozog‘istonlik dzyudochi – Eldos Jumakanov bilan raqobatlashgan Sardor kichik hisobda imkoniyatni boy berd iva finalga chiqa olmadi.

Sardor Nurullaev endi bronza medal uchun bahsda yaponiyalik Taron Fujisaka bilan raqbatlashadi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q