
"Formula-1" bolidlari tezligi misli ko‘rilmagan darajada bo‘ladi
Poygachilar uyushmasi raisi Aleks Vurts "Formula-1" bolidlari xavfsizligini oshirish lozimligi va bu tezlikning ham oshishida muhim ekanini alohida ta’kidladi.
- Mashinalar bundandan xavfsizroq va yanada tezroq bo‘lishi kerak, - dedi Aleks Vurts. - Biz bolidlar tezligini soatiga 450 kilometrga chiqara olamiz. Buning uchun bolidlar xavfsizligi ham oshirilishi shart. Bundan qilish, faqat "Formula-1"ga xos va bu odamlarni hayratga soladi.

"Formula-1" poygalarida xavfsizlik masalasi birinchi o‘rinda turadi. Musobaqada qatnashadigan har bir bolid xavfsizlik bo‘yicha jiddiy tekshiruvdan o‘tkazaladi. Shunday bo‘lsa-da, "Formula -1" tarixida oxiri o‘lim bilan tugagan noxush holatlar ham bo‘lgan.
Fikrlar