Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Frantsiya - Xopman kubogi sohibi

Izohlar: 0
Avstraliyada o‘tkazilgan Xopman kubogi final uchrashuvida o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan Frantsiya va AQSh jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Mukofot jamg‘armasi bir million dollarni tashkil qilgan musobaqaning hal qiluvchi bahsida Rishar Gaske amerikalik raqibi Jek Sokni 6:3, 5:7, 7:6 hisobida mag‘lub etdi. Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida frantsiyalik Kristina Mladenovich raqibasi Koko Vandevegega 4:6, 5:7 hisobida yutqazdi.
Umumiy hisob tenglashgach, g‘olib nomi juftlik bahslarida aniqlandi. Unda frantsuz tennischilari amerikaliklardan 4:1, 4:3 hisobida ustun keldi va Xopman kubogiga ega chiqdi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q