Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Frantsiyada sensatsiya!

Izohlar: 0

Frantsiyaning Monpele shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqada kutilmagan natija qayd etildi.

Mukofot jamg‘armasi 518650 AQSh dollari bo‘lgan turnirning ikkinchi davrasida bosh sovringa asosiy da’vogar hisoblangan birinchi raqamli tennischi Marin Chilich kutilmaganda yutqazib qo‘ydi.

Germaniyalik Dastin Braun xorvat tennischiga qarshi hujumkor o‘yin ko‘rsatib, 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Ayni paytgacha yakunlangan uchrashuvlar quyidagi natijalar qayd etildi:

Dastin Braun (Germaniya) — Marin Chilich (Xorvatiya, 1) 6:4 6:4

Jeremi Shardi (Frantsiya) — Pol-Anri Matyo (Frantsiya) 3:6 6:1 6:4

Aleksandr Zverev (Germaniya, 4/WC) — Alyaj Bedene (Buyuk Britaniya) 7:5 3:6 6:4

Kenni de Shepper (Frantsiya, Q) — Ilya Marchenko (Ukraina) 7:6 7:6

Gaske (Frantsiya, 3) — Malek Jaziri (Tunis) 7:5 6:2

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q