Frantsuzlar kimga ishonmoqda?
Frantsiyaning Monpele shahri mezbonlik qilayotgan xalqaro turnirda barcha chorak finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Frantsiyaliklarning mashhur tennischisi Jo-Vilfrid Tsonga bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan tennischilar qatoriga qo‘shildi.
Ikinchi bosqichning so‘nggi uch uchrashuvida quyidagi natijalar qayd etildi:
Benua Per (Frantsiya) — Felisyano Lopes (Ispaniya, 5/WC) 6:4 7:6
Jo-Vilfrid Tsonga (Frantsiya, 2) — Per-Yug Erber (Frantsiya) 6:1 6:2
Daniil Medvedev (Rossiya) — Fernando Verdasko (Ispaniya, 8) 6:3 6:3

Chorak finalda quyidagi tennischilar o‘zaro kuch sinashadi:
Rishar Gaske (Frantsiya, 3) — Kenni de Shepper (Frantsiya, Q)
Dastin Braun (Germaniya) — Benua Per (Frantsiya)
Daniil Medvedev (Rossiya) — Jo-Vilfrid Tsonga (Frantsiya, 2)
Jeremi Shardi (Frantsiya) — Aleksandr Zverev (Germaniya, 4/WC)


Izohlar (0)