Asosiy mazmunga oʻtish

Mini-futbol

Futzal. O‘zbekiston Kubogida dastlabki finalchi aniqlandi

Shahzod
Izohlar: 0

Xabaringiz bor, poytaxtimizda futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari davom etmoqda.

Bugun “Yoshlik” sport majmuasida yarim final bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Biroz oldin dastlabki yarim final o‘yini yakunlandi. Unda “Paxtakor” va AGMK jamoalari o‘zaro bahs yuritishdi. Qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda AGMK g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.

21 dekabr
Yarim final

“Paxtakor” – AGMK – 1:2

Toshkent. “Yoshlik” sport majmuasi. 106 tomoshabin.

Bosh hakam: Anatoliy Rubakov

Gollar: Davron Choriev (17) – Jamoliddin Sharipov (32, 35)

Ogohlantirishlar: Dilshod Irsaliev (32), Ravshan Eliboev (15) – Farhod Abdumavlonov (10)

Chetlatishlar: Temur Sadirov (33) – Javlon Anorov (26)

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q