G‘alabani sog‘ingan bokschimiz Moskvada ringga chiqadi
Shu yilning 15 fevral kuni Moskvada professional boks kechasi tashkil etiladi. Musobaqa ro‘yxatidan o‘rin olgan uchrashuvlar orasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Izzat Ibrohimovning janggi ham qayd etilgan.
Izzat faoliyatidagi o‘n ikkinchi jangini rossiyalik Mixail Balayanga qarshi o‘tkazadi. Izzat Ibrohimov professional bokschilik faoliyatini 2015 yili boshlagan va dastlabki uchta uchrashuvdan ikkitasida zafar quchgan edi. Biroq, keyinchalik u barcha janglarda mag‘lubiyat alamini totdi.
Mixail Balayan esa to‘rtta jangdan uchtasida g‘alaba qozongan va bir marta raqibining ustunligini tan olishga majbur bo‘lgan.
Bo‘lajak jangda Izzat Ibrohimovga mag‘lubiyatlar iskanjasidan qutilib, g‘alaba qozonishini tilaymiz.

Izohlar (0)