Gamburg-2017: Jasurbek Latipovdan ajoyib g‘alaba va yarim final!

  • 29.08.2017 22:37
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bellashuvlari davom etmoqda.

Hozirgina 52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov o‘zining musobaqadagi uchinchi jangini kolumbiyalik Seyber Avilaga qarshi o‘tkazdi.

Mazkur to‘qnashuvda tajribali bokschimiz o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan kolumbiyalik bokschiga muammolar tug‘dirdi va hakamlar xulosasiga ko‘ra 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Bizdan uzoqlashmang. Oldinda yana 4 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!