Garbin Mugurusa Sidneyda zaharlandi
Ispaniyalik Garbin Mugurusa Sidneyda o‘tayotgan turnirning ikkinchi davrasidagi bahsni o‘tkazmasligi haqida xabar berdi. Bunga sabab uning oshqozon va ichaklariga tushgan infektsiya bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Garbin noma’lum sababga ko‘ra o‘tgan haftada Pert shahrida o‘tgan Xopman kubogida ham ishtirok eta olmagan edi.
Garbin "Sydney International" turniridagi ishtirokini tugatgani bois, gollandiyalik Kiki Bertens to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak finalga chiqdi.
Fikrlar