Gennadiy Golovkin: Men hamon chempionman
Las-Vegasda o‘tgan Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o‘rtasidagi jangdan so‘ng qozog‘istonlik bokschi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jang durang bilan yakuniga etgan.
– Men o‘z kamarlarimni saqlab qoldim. Hamon ular menga tegishli. Demak, men hali ham chempionman. Bu mening aybim emas. Men har bir raundda bosim uyushtirdim. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorligimni bildiraman, – deydi Golovkin.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jangda bokschilar Golovkin egalik qilib kelayotgan barcha chempionlik kamarlari – WBC, WBA (Super), IBF va IBO uchun kurash olib bordi. Biroq jang oldin tashkilot nizosiga ko‘ra, 27 yoshli Alvares WBC kamariga da’vogarlik qila olmasligi ma’lum qilingan edi.

Fikrlar