Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Gennadiy Golovkinga raqib topilmayapti

Shahobiddin
Izohlar: 0

O‘rta vazn toifasining WBC, WBA Super, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin 5 may kuni AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan jangga raqib topa olmayapti va shu sabab mazkur to‘qnashuv bekor qilinishi mumkin, deya xabar beradi Boxingscene nashri.

Avvaliga qozog‘istonlik bokschi ushbu qarama-qarshilikda Saul Alvares bilan uchrashishi kerak edi. Biroq meksikalik bokschining organizmida taqiqlangan modda (doping) topilgani uchun u chetlatildi.

Bundan tashqari jang Las-Vegasdan Karson shahriga ko‘chirildi, ammo tashkilotchilar Golovkinga raqib topa olganicha yo‘q. Bu boradagi yakuniy qaror tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q