"Golden Steyt" "Klivlend"ni ayamayapti
Nurali
Basketbol bo‘yicha MBA konfederatsiyalar finalida uchinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, bosh sovrin uchun "Golden Steyt" hamda "Klivlend Kavalers" jamoalari kuch sinashmoqda.
Bu galgi bahs garchi Klivlend shahrida kechgan bo‘lsa ham, ularga qaraganda chiroyliroq o‘yin namoyish qilgan "Uorriorz" yakunda 110:102 hisobida zafar quchdi. Barcha seriyalada g‘alaba qozonayotgan "Golden Steyt" jamoasi umumiy hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib oldi. Keyingi bahsdagi g‘alaba ularni MBAning joriy mavsum chempioniga aylantiradi.
Izohlar (0)