Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Golovkin uchta superjangda ringga chiqadi

Izohlar: 0

Professional boks bo‘yicha o‘rta vaznda WBA (Super), IBO, WBC va IBF yo‘nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin (36-0-0, 33 KO) joriy mavsumda uchta jang o‘tkazishni rejalashtirgan. Nokautchining promouteri Tom Leffer bokschi kimlarga qarshi ringga chiqishini oshkor qildi.

Golovkin 18 mart kuni AQShda barcha kamarlarini mezbon bokschi Daniel Jeykobsdan (32-1-0,29 KO) himoya qiladi. Bu jang rasman e’lon qilingan.

Kuzda bo‘ladigan jangda Gennadiy Golovkin Meksikaning ikki buyuk bokchisi - WBO chempioni va jahon reytingi etakchisi Saul Alvares (48-1-1, 34 KO)yoki sobiq chempion kenja Xulio Sezar Chavesga (50-2-1, 32 KO)ringga ko‘tarilishni rejalashtirgan.

Bu ikki meksikalik bokschi may oyida o‘zaro kuch sinashadi va g‘olib bokschi Gennadiy Golovkin bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Gennadiy Glovkin jamoasi puerto-rikolik mashhur charm qo‘lqop ustasi Migel Kotto (40-5-0,33 KO) bilan ham jang tashkillashtirilishi mumkinligini ma’lum qilgan. Agar tomonlar bir to‘xtamga kelsa Golovkin - Kotto jangi dekabr oyida bo‘ladi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q