Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Go‘zal tennischimiz Lyuksemburgda g‘alaba qozonmoqda

Izohlar: 0

Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan Lyuksemburgda tashkil etilgan “Nature Elements Luxembourg Indoor Junior Open Grade 4 – 2017” xalqaro turnirida hamyurtimiz Sevil Yo‘ldosheva ishtirok etmoqda.

Qizlar o‘rtasidagi juftlik bellashuvlarida belgiyalik Lena Delfoss bilan hamkorlikda o‘ynayotgan Sevil Yo‘ldosheva birinchi uchrashuvda to‘rtinchi raqamda saralangan duet – shveytsariyalik Nadin Keller va Boyana Klinkov bilan bellashdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda o‘zbekistonlik tennischi o‘z sherigi bilan birga 6:4, 2:6, 10:8 hisobida zafar quchdi va ikkinchi davraga chiqdi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q