Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Go‘zallar bahsida kutilmagan naatijalar qayd etildi

Izohlar: 0
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan "St. Petersburg Ladies Trophy - 2017" xalqaro turnirining chorak finali kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi.

Mukofot jamg‘armasi 710900 AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep rossiyalik Natalya Vixlyantsevaga qarshi uchrashuvga chiqmadi. Ruminiyalik tennischi tizzasidagi jarohati bezovta qilayotgani bois turnirni erta yakunlandi.

Qozog‘istonlik Yuliya Putintseva esa mezbonlarning uchinchi raqamda saralangan tennischisi Svetlana Kuznetsovani 6:3, 6:7, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Yana ikki uchrashuvda quyidagi natijalar qayd etildi:

Kristina Mladenovich (Frantsiya) — Roberta Vinchi (Italiya, 6) 6:1, 6:4

Dominika Tsibulkova (Slovakiya, 2) — Elena Vesnina (Rossiya, 5) 6:3, 6:3.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q