Gvardiola ustozining orzusi ushaldi. Endi u «maestro»ga murabbiy

“Ovedo” klubi 1996-yili “Barselona” ustidan 2:4 hisobida g‘alaba qozondi. Pep Gvardiolaning fikriga ko‘ra, mezbonlar ancha sifatli o‘yinni namoyish qilgan. O‘yindan so‘ng “Barsa” yarim himoyachisi raqib bosh murabbiyi Xuanma Lilo yoniga boradi. U o‘zini tanishtirgach, “Ovedo” ajoyib o‘yin namoyish etganini, jamoani kelajakda kuzatishda davom ettirishini aytadi. “Sizga qo‘ng‘iroq qilsam bo‘ladimi? Ikkalamiz ba’zi jihatlarni guvohlarsiz ko‘rib chiqsak”,-deb, Pep uchrashuvni aniqlashtirib oldi.

“Tasavvur qiling, stadion ishchisi kelib, eshigimni taqillatdi va Gvardiola men bilan uchrashmoqchi ekanligini aytdi. Qanday qilib men o‘zimning eng sevimli o‘yinchim bilan uchrashish imkoniyatini boy bersam?

U menga jamoamning o‘yin uslubi yoqganligini aytdi. O‘sha kuni ozgina suhbatlashdik. O‘shandan beri, munosabatlarimiz samimiy davom etdi”, – xotiralarni esladi Lilo.

Uchrashuv qalin do‘stlikning ibtidosiga aylandi. 2005-yili Gvardiola sevimli murabbiyi yoniga ketdi. “Men Lilo jamoasida o‘ynamasdan, faoliyatimni yakunlay olmasdim”-dedi Gvardiola. Shunday qilib u “Doradose” klubida faoliyatini boshladi. Rasman futbolchi maqomida bo‘lsa-da, amalda 5 oy davomida intensiv murabbiylik kursini o‘tadi. Hech qaysi kun Liloning uzundan uzoq suhbatisiz o‘tmas edi

“Suhbat maxsus himoyaviy uslub yoki aniq mashg‘ulot metodikasi haqida ketganida Pep o‘zini etarli darajada o‘zlashtirmagandek his qilar edi. Unga maslahat kerak bo‘lganida doim Liloga murojaat qilar edi: “Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak?”, “Agar mana bunday o‘ynasam, nima bo‘ladi” Pepning so‘zlariga ko‘ra, Lilo o‘yinga yangicha yondashish bo‘yicha dunyodagi eng dunyoqarashi keng murabbiylardan biri. Hech qaysi futbolchining undan norozi bo‘lmagani ham buning isboti”, – deydi Gvardiolaning biografi Gilem Balage.

Pep hamma ma’lumotni yozib brogan. “Gvardiola “gubka” dek edi, hamma narsadan nimadir o‘rganar edi. U uchun har qanday joy futbol haqida gapirish muhiti bo‘la olar edi, o‘yinni haqiqiy hayajonga aylantirish uchun barcha g‘oyani eshitardi”, – xotirlaydi, Lilo.. Gvardiola mashg‘ulotlarda yordam ham berardi. Asosan hujumchi Sebastyan Abreu bilan vaqtini ko‘p o‘tkazar edi, unga to‘p bilan muomalada tanani qanday tutish kerakligini o‘rgatar edi.

“Pep Yoxan Kroyffdek murabbiylik faoliyatiga katta ulush qo‘shgan Lilodan boshqa hech kim bilan futbol haqida bunchalik ko‘p gaplashmagan edi ”, – deydi Balage. Kroyff muxlislarga yoqadigan o‘yini va futbol teoriyasiga muhabbat bilan ta’sir qilgan bo‘lsa, Lilo bunga erishish uchun aniq sabab va faktorlarni o‘rgata oldi.

“Lilo – faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy”, – degan edi Pep. Hozirgacha Gvardiola uni “maestro”deb ataydi. Gvardiola “Barsa B”, jamoasini boshqarganida ham, asosiy jamoani boshqarganda ham u bilan maslahatlashar edi. “Undan cheksiz minnatdorman”, – degan edi Pep.

Liloni “teoretika-luzer”ga chiqaradiganlar ham kam emas. Bu unday emas. U klubning moliyaviy resurslari etganicha ijobiy natijalarni qayd etishga harakat qilgan. Rahbariyatdagi muammolar yoki juda ham intizomli ekanligi tufayli o‘z ishlarini oxirigacha davom ettira olmagan.

Liloning ishlash printsipi top o‘yinchilar bilan ishlashini Pep isbotlab berdi. “Murabbiy futbolchiga kerakli sharoitni yaratishi kerak, bo‘ldi. O‘yinchilar doimo muhim. Yaxshi o‘yinchilar bilan ishlash oson.”, – deydi Lilo.

Hozir juda ko‘p jamoalar Juego de posiciondan dan foydalanmoqda. Aynan Xuanmo positsion futbolning tizimini ishlab chiqqan. “Men va Pepda bir xil taktik qarashlar – o‘yinchilar joylashuviga qarab ustunlikka erishish. Agar raqibni epizoddan “uzib” qo‘ya olmasang yoki oldinga intilmasang chiroyli to‘p oshirishlardan nima foyda?” –tushuntirdi, Lilo.

Pozitsion futbol – Lilo taktikasining gavhar merosi, ammo boshqa jihatlar ham bor. U 16 yoshdan boshlab murabbiylik qiladi: “Mening boshim va oyoqlarim bir-biri bilan hech qachon xulosa qila olmagan. O‘shandanoq men o‘zimni murabbiy bo‘lishga moyil ekanligimni his qilganman”. Xuanma 15 yoshligida uning murabbiyi shunday degan edi:. Menda ikkita xabar bor. Yomoni-sen rasvo o‘yinchisan. Yaxshisi –senda iste’dod bor. Sheriklarim hozirdanoq sening maslahatlaringni tinglashmoqda”.

90-yillar boshida Lilo ispan futbolida “mini-revolyutsiya”ni o‘tkazdi. U “Kultural Leones” 4-2-3-1 formatini zamonaviy holatda ishlatdi. 2000-yillarga kelib bu eng ommalashgan sxemaga aylandi.

“ Men 4ta hujumkor futbolchiga ega bo‘lmoqchi edim, shu bilan bir qatorda ularni maydonda to‘liq joylashishini ham xohladim. Biz juda uzoqdan o‘yinni boshlar edik- darvozabonga qarshilik qilib to‘pni olib qo‘yar edik. Chizmaga ko‘ra 3 ta o‘yinchimiz hujumga yordam beruvchi yarim himoyachilar edi. Men jamoadagi futbolchilarning o‘z “tip”laridan kelib chiqqan holda o‘z imkoniyatlaridan optimal foydalanishga harakat qilishni o‘rgatar edim.Keyinchalik barchasi shunday qilishni boshlashdi. O‘ylaymanki, bu yaxshi tizim. Ammo buni men birinchi qo‘llagan emasman. Bundan ming yillar oldin ham kimdir bu ishga qo‘l urgan. Bir hujumchi ichkariga chuqurroq kirgan ikki yarim himoyachi qanotdan hujumga o‘tishga harakat qilgan o‘yin sxemasini balki 4-4-2 deb atashgan. Zamonaviy dunyo raqamlar va nomlarga e’tibor berishadi. Men uni 4-2-3-1 deb atagach bu taktik tizimni meni nomim bilan atashni boshlashdi”, – kamtarlik qildi, Lilo.

“Men o‘zim uchun qadrli va futbol uchun to‘g‘ri qarashni ko‘rsata olgan insonni uchratdim”, – degan edi Argentinani 1978-yilgi Jahon chempionatida g‘olib qilgan Luis Sesar Menotti. “Real Sosedad” afsonasi Xabi Prieto Lilo bor yo‘g‘i 3 oygina murabbiylik qilgani, undan boshqa yana 13 murabbiy bilan ishlaganiga qaramay, uni o‘z faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy deb bilishini aytdi. “Men har soniyadan bahra olar edim Bizga uning boshchiligida o‘ynagan futbolimiz juda yoqar edi”, – deydi Xabi.

So‘nggi yillarda Lilo to‘g‘ridan-to‘g‘ri top-murabbiylarga ta’sir qildi. Xorxe Sampaoli Chili yangi darajadagi o‘yin namoyish etishi uchun Belsa va Gvardiola o‘yin uslubini uyqash qilish uchun murabbiylar shtabiga Liloni taklif qildi. .Keyinchalik Chili o‘z tarixida birinchi bor Amerika Kubogini qo‘lga kiritdi. Lilo Sampaoli uchun “Sevilya”ga ham bordi, o‘shanda La Ligada to‘pga egalik qilish bo‘yicha rekord o‘rnatgan klub, to‘rtinchi natijani qayd etdi. Ispan OAV Liloning jamoaga ta’sirini alohida e’tirof etdi. Jamoa Sampaolining uslubidan ko‘ra Liloning o‘zining uslubini ma’qul ko‘rdi. .

Yana bir yorqin misol-soxta to‘qqiztalik. Lionel Messini ana shunday qilib samarali foydalanish Lilo bilan suhbatdan so‘ng Gvardiolaning kallasiga “kelgan” edi. “River Pleyt” hujumchisi Adolfo Pedernera ham ancha oldin ana shunday o‘ynagan.

Lilo bilan bog‘liq bunday misollar millionlab topiladi. Hatto Marselo Belsa ham bunchalik bilmasa kerak . Xuanmaning kutubxonasida 10mingdan ortiq futbolga oid kitob, gazeta va jurnallarni topish mumkin. Jurnalist Sid Lou Lilo bilan suhbatini faoliyatidagi eng mulohazali intervyu bo‘lgan deb hisoblaydi. Uning har OAVga chiqishi taktik inovatsiyaga teng.

Uning har bir so‘zi falsafaga yo‘g‘rilgan: “ Biz eng so‘nggida yaxshi natijaga erishilgan narsalarni qadriga etamiz, ammo yaxshi jarayonni qadrlamaymiz-bu ommaning kuchsizligiga ishora. Natija – bu oddiygina ma’lumot. Tug‘ilish ko‘paydi. Bu fakt sizni boyitdimi? . Yo‘q. Uning jarayonichi? Albatta, ha! Qoniqish hosil qilish-jarayon mahsuli, natijaning emas. Natijani tahlil qilib bo‘lmaydi. Natija bo‘ldi-nuqta! Stadionga tabloga qarab yakunni bilish uchun kelishni xohlaysizmi? 90 daqiqa bu-jarayon! Natijani jarayon bilan almashib bo‘lmaydi. Odamlar yaxshi yakunni yoqtirishadi. Natijaga qarab tanqid qilishadi. OAV ham huddi shunday, afsuski”.

Uning yana bir gapi ham maqtovga loyiq: “Pozitsion o‘yin to‘pni nazorat qilishdan boshlanadi. Bu raqibga nisbatan ustunlikni beradi. Hammasi himoyadan boshlanadi. Raqib sizdan to‘pni olishga harakat qilganida imkoniyatlar yaraladi. To‘pni to‘g‘ri etkazib berish to‘g‘ri va aniq amalga oshirilsa, hammasi oson kechadi”. Futbol bilan shug‘ullanuvchi har bir inson bu so‘zlarga duch kelgan bo‘lsa ajab emas.

Liloning hayotdagi eng katta orzusi hech qanday kubok, katta shartnomalar, mukofotlar emas. Uning orzusi-Inesta bilan ishlash! 2003-yili bunday imkoniyatga juda yaqin kelgan edi. O‘shanda Luis Bassat “Barsa” prezidentligiga nomzodini qo‘ygan edi, U esa o‘z navbatida Liloni jamoa bosh murabbiyiga aylantirishni niyat qilgan Gvardiolani klub sport direktoriga aylantirishni niyat qilgan edi.

Lilo- haqiqatdan “maestro”ning haqiqiy fanati.

“Bundan ancha yillar oldin Frank Raykard “Barselona”ga murabbiylik qilgan paytlarda mendan dunyoning eng zo‘r futbolchisi kim ekanligini so‘rashdi. Men Inesta deb javob berdim. U o‘sha paytlarda asosiy tarkibda emas edi. U-mening eng ojiz tomonim Bu dunyoda o‘yinning barcha tomonlarini ko‘ra oladigan futbolchi bir futbolchi bo‘lsa, shubhasiz bu Inesta! Inesta-bu futbol! Ba’zi narsalarni o‘z nomi bilan atash yoki tushunchaga ta’rif berish mushkulliklarga olib kelganda osongina tushintirish yo‘llarini izlaymiz. Mendan futbol atamasini aynan shunday oson tushuntirish so‘ralganida shunday javob bergan bo‘lar edim. Futbol bu-Inesta. Umuman olganda, uning o‘yini futboldan ham ko‘proq tushuncha!”, – degan edi Lilo 2016-yil ESPNga bergan intervyusida. .

Suhbat chog‘ida u Inestaning ajralib turish sabablarini tushintirdi: “Yaxshi o‘yinchilar o‘yinni tez anglab etadi va ular jamoaning foydasiga ishlaydigan qarorlarni qilishadi. Bu borada Inestaga etadigani yo‘q. U to‘pni egallab oladi, to‘pni oshiradi, o‘yinni tez anglaydi, jamoaga nima kerak ekanligini biladi va aynan o‘sha vaziyatga tayyorlanadi. U shunchalik aqlliki, hattoki darvozabon vazifasini ham o‘tay oladi. Messi doim eng chiroyli epizodlar yarata oladi ammo Inesta maydondagi eng yaxshi o‘yinchi”.

O‘tgan dushanba kuni Lilo Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubini qabul qilib oladi. U erda Inesta o‘ynaydi. Endi Xuanmada “maestro”ga uning o‘yiniga bo‘lgan muhabbatni ayta olish bilan bir qatorda, o‘z orzusidagi futbolchining o‘yinlaridan murabbiy sifatida bahra olish imkoniyati bor.

Lilo bilan ishlab Inestada murabbiylikka muhabbat uyg‘onar, balki.

 

Maqola Sports.ru saytidan tarjima qilindi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!