Hasanboy Do‘smatov yarim finalda hindistonlik bokschi bilan jang qiladi
49 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda 2016 yilda jahonning eng yaxshi bokschisi unvonini qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Boks bo‘yicha Osiyo chempionatidagi zafarli yurishlarini davom ettirmoqda.
Biroz avval yakunlangan chorak final bahsida qozog‘istonlik Jomart Erjanga qarshi jang qilgan terma jamoamiz a’zosi to‘liq ustunlik bilan g‘alaba qozondi.
Ushbu bokschimiz yarim finalda Hindiston vakili Amit bilan final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Hindistonlik bokschi chorak finalda Indoneziyadan tashrif buyurgan Kornelis Kvangu Languni mag‘lub etgan edi.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Izohlar (0)